Yangiliklarga qaytish
Turizm28-avgust, 2026

BAIA va Mo‘g‘ulistonning "Tsakhim Ayalal" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Ushbu anglashuv memorandumi ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

BAIA va Moʻgʻulistonning “Tsakhim Ayalal” kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi!

Ushbu anglashuv memorandumi ikki mamlakat oʻrtasidagi turizm sohasini yangi bosqichga olib chiqish hamda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan.

Memorandum doirasida qanday imkoniyatlar ochilmoqda?

Oʻzbekistonda turizmni rivojlantirish: Moʻgʻulistondan keladigan turistlar oqimini oshirish hamda mamlakatimizning turistik salohiyatini keng targʻib qilish.

Moʻgʻulistonga sifatli va qulay turlar: Oʻzbekistonlik sayohatchilar uchun Moʻgʻulistonning xushmanzara tabiati va boy madaniyatiga xavfsiz hamda qulay yoʻnalishlarni tashkil etish.

Ikki tomonlama manfaat: Sayyohlar almashinuvini taʼminlash va har ikki mamlakat uchun foydali boʻlgan yangi turistik yoʻnalishlarni yoʻlga qoʻyish.

BAIA va Tsakhim Ayalal hamkorligi tufayli har ikkala davlat xalqlari uchun sayohat qilish yanada oson, hamyonbop va qiziqarli boʻladi!